Asalari zotlari muayyan iqlim sharoitlarida tabiiy tanlanish tasirida bilan vujudga keladi. Bir naslni boshqasidan farqlash uchun asalarilarning oz’iga xos belgilari;
- rangi
- kattaigi
- hartumining uzunligi
- ona arining nasldorligi
- badjahilliligi
- kasalliklarga chidamlliligi
- royga moyilligi
- mum ishlab chiqaruvchanligi
kabi xususiyatlari hisobga olinadi. Etibor bergan bo’lsanggiz yuqorida sanab o’tilgan farqlar orasida eng muhim bo’lgan «asaldorligi» yoki asal ishlab chiqaruvchanligi sanab o’tilmadi. Mening fikrimcha asaldorlikni olingan naslning farqli belgilariga kiritish notug’ri bo’lib, har bir nasl turli sharoitlarda turlicha xususiyatlarni namoyon etadi. Shuning uchun nasl tanlaganda nafaqat yuqorida sanab o’tilgan farqlarni, balki iqlib sharoitini ham hisobga olish zarur. Birinchidan o’z iqlimingizni tanlangan asalarini nasli moslashgan iqlim bilan solishtirish kerak. Agar tanlangan nasl janubiy- qishi qisqaroq davom etadigan iqlimga moslashgan bo’lsa shimoliy hududda undan voz kechgan maqul. Sababi ushbu nasldagi asalrilarning ichaklari ko’p miqdordagi fekal massani uzoq ushlab turishga moslashmagan.